22:34 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Hodisalar
Havola olish
619 0 0

"Neksiya" haydovchisi avtomobil boshqaruvini yoʻqotgan va qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan "Damas" bilan toʻqnashgan.

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Jizzaxda yuz bergan dahshatli avariya oqibatida ikki kishi vafot etdi, uch nafari esa jonlantirish boʻlimiga tushdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Xabarda aytilishicha, yoʻl transport hodisasi Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani Oqtom MFY hududidan oʻtgan 4R-40 "Gʻallaorol-Oʻsmat" yoʻlining 40 kilometrida yuz bergan.

"Nexia" haydovchisi Gʻallaorol yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotib, avtomobil boshqaruvini yoʻqotgan va qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan "Damas" bilan toʻqnashgan.

Oqibatda, "Damas" yoʻlovchilari 42 yoshli E.S., va 47 yoshli SH.E.lar tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

"Nexia" haydovchisi va uning ikki nafar yoʻlovchilari Gʻallaorol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Gʻallaorol tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular