17:46 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
474 0 0

Ikki yigit Yuqori Chirchiq tumanidagi qabriston yonida nasha oʻsimligiga oʻxshash giyohvandlik moddasini qozonda qovurayotgan vaqtda ushlandi.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida giyohvand moddasini tayyorlagan ikki yigit qoʻlga tushdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, 27 iyun kuni Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari “Qora dori-2020” tadbirini oʻtkazgan. Unda 22 yoshli B.SH. va S.I.lar Yuqori Chirchiq tumani Baliqchi mahallasidagi qabriston yonida joylashgan dala maydonida nasha oʻsimligiga oʻxshash giyohvandlik moddasini qozonda qovurayotgani aniqlangan.

Sudga oid kimyoviy ekspertizasi xulosasiga koʻra, olingan  modda giyohvandlik vositasi. U vazni 1506 gramm boʻlgan marixuana. 

Tergov harakatlari davomida B.SH. va S.I.lar ushbu  giyohvandlik vositasini oʻzlari bir hafta davomida isteʼmol qilishlari uchun tayyorlayotganliklari aniqlangan.

Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
giyohvand moddalar, Toshkent viloyati

Asosiy mavzular