11:01 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)
249 0 0

Bemor 21 iyun kuni tez tibbiy yordam chaqirtirilib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

TOSHKENT, 9 iyul - Sputnik. Koronavirus infektsiyasiga chalingan afgʻonistonlik 40 yoshli bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Xabarga koʻra, Afgʻoniston davlati fuqarosi 40 yoshli M.H. (erkak)ni 2-3 kun davomida yoʻtal va tana harorati koʻtarilishi bezovta qilgan.

21 iyun kuni tez tibbiy yordam chaqirtirilib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Bemorga “SOVID-19”, ikki tomonlama pnevmoniyaning oʻta ogʻir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, yurak yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan.

Shifoxonada bemor bir necha marta mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni ularning tavsiyasi asosida olib borilgan.

"Shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi", - deyilgan xabarda.

Oʻzbekistonda kuni kecha, 8 iyul kuni, koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 11 092 nafarga yetdi.

Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi tufayli karantin choralari keskin kuchaytiriladi.

Respublika hududida 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari keskin kuchaytiriladi: avtotransport harakati va yirik jamoat obʼyektlari faoliyati cheklanadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1281)

Asosiy mavzular