20:56 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
142 0 0

Tojikistondagi zilzila Oʻzbekistonning 10 ta hududida sezildi. Toshkentda uning kuchi 3 ballni tashkil etdi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. 9 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 11:39 da Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. U Oʻzbekiston hududida ham sezildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, zilzila koordinatalari: 39,96 gradus shimoliy kenglik; 69,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 145 km janubiy yoʻnalish boʻyicha.

Zilzila Oʻzbekiston hududida: Toshkent 145 km, 3 ball, Namangan 231 km, 2 ball, Andijon 273 km, 2 ball, Fargʻona 215 km, 2 ball, Guliston 74 km, 4 ball, Jizzax 126 km, 3 ball, Samarqand 204 km, 2 ball, Termiz 352 km, 2 ball, Qarshi 326 km, 2 ball, Navoiy 335 km, 2 ball.

Oʻzbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan. Talofatlar va jabrlanganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

Teglar:
zilzila, Tojikiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular