TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Surxondaryo viloyatida sudyalarning omma oldida obroʻsizlantirilganligi haqidagi xabarni oʻrganmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Jarqoʻrgʻonda sudyalar omma oldida obroʻsizlantirilganligi, sud xodimi esa doʻpposlanganligi haqida xabarlar tarqalgan.
“Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda. Tekshirish jarayoni Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan”, - deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabarida.
Xabarda ish natijalari haqida batafsil maʼlumot berilishi qoʻshimcha qilingan.