18:14 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
526 0 0

Avvaliga 28 yoshli ona yangi tugʻilgan qizini sud orqali YU.T.ga berishga rozi boʻlgan. Lekin sudda fikridan qaytgan.

TOSHKENT, 13 iyul - Sputnik. Surxondaryo viloyatida yosh ona yangi tugʻilgan qizini 10 million soʻmga sotishga urindi, deb xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

“28 yoshli F.N. avvaliga yangi tugʻilgan qizini sud orqali 35 yoshli YU.T.ga berishga rozi boʻlgan va buning uchun bola tugʻish paytida dori-darmon va boshqa xarajatlarga sarflagan 1,7 million soʻmini olgan. Ammo keyin u oʻz fikrini oʻzgartirib, YU.T.ga qizini berib yuborishdan bosh tortganligini maʼlum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Zaderjana jenщina, namerevavshayasya prodat 13-letnego sыna
Sledstvennыy departament pri MVD Respubliki Uzbekistan

Ushbu voqeadan keyin ayol yana YU.T. bilan telefon orqali bogʻlanib, uning uyiga bir necha bor tashrif buyurgan va chaqaloq uchun 10 million soʻm talab qilgan. Bundan keyin YU.T. ichki ishlar boʻlimiga ariza bilan murojaat qilgan.

Natijada F.N. qiz chaqalogʻi uchun  YU.T.dan talab qilgan 10 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular