22:51 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Hodisalar
Havola olish
398 0 0

MDH fuqarolari Ivanovo viloyatida sintetik narkotik moddalarini ishlab chiqarish laboratoriyasini tashkil etishda gumon qilinmoqda.

TOSHKENT, 13 iyul - Sputnik. MDH fuqarolari Ivanovo viloyatida sintetik narkotik moddalarini ishlab chiqarish laboratoriyasini tashkil etishda gumon qilinmoqda, deb maʼlum qildi RF IIV rasmiy vakili Irina Volk.

“Rossiya IIV Giyohvand moddalarni noqonuniy aylanishini nazorat qilish bosh boshqarmasi xodimlari Ivanovo viloyatidagi hamkasblari bilan birgalikda uyushgan guruh faoliyatini bartaraf etdilar, ushbu guruh aʼzolari keyinchalik sotish maqsadida giyohvand moddalar ishlab chiqarishga uringanlikda gumon qilinmoqda”, - dedi Volk.

Uning soʻzlariga koʻra, MDH davlatlaridan birining 4 nafar fuqarosi Kineshma shahri chekkasida shaxsiy uyni ijaraga olgan va u yerda sintetik narkotik vositalarini ishlab chiqarish tsexini tashkil qilgan.

Politsiyachilar 192 kilogramm sotishga tayyor mefedron moddasini topdilar. Shuningdek, ishlab chiqarishning butun tsiklini taʼminlovchi laboratoriya uskunalari, 1,5 ming kilogrammdan ortiq kimyoviy moddalar va tarkibida suyuq modda joylashtirilgan 437 dona plastik idishlar musodara qilindi.

Giyohvand moddalar savdosi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchilar qoʻlga olindi. Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Asosiy mavzular