22:13 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Hodisalar
Havola olish
149530

Moskvada “Severnoye Chertanovo” mikrorayonida joylashgan qurilish maydonida ishchilar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Moskvada “Severnoye Chertanovo” mikrorayonida joylashgan qurilish maydonida ishchilar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

Hodisa 14 iyul kuni kunduz kuni Balaklava shoh koʻchasidagi qurilish maydonchasida yuz berdi.

Mushtlashuvda ishtirok etgan ayrim kishilar tayoq, belkurak va hatto gʻisht olayotganini koʻrish mumkin.

Ommaviy janjalga nima sabab boʻlganligi nomaʼlum.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari, shu jumladan, OMON xodimlari ham kelgan.

Jabrlanganlar haqida rasmiy maʼlumot yoʻq, ammo guvohlarning aytishicha, bir necha kishi jarohatlandi.

Asosiy mavzular