01:53 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
179 0 0

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tekshiruv oʻtkazgan va jinoiy ish ochish uchun asos yetarli degan qarorga kelgan.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida sudyalar obroʻsizlantirilishi boʻyicha jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi oʻtkazilgan tekshirish natijasiga koʻra JKning 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingani qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jarqoʻrgʻonda sudyalarning omma oldida obroʻsizlantirilishi senatorlik nazoratiga olingani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular