19:06 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
204 0 0

Poytaxtda “Suvsoz” DUK huzuridagi kanalizatsiya boshqarmasiga tegishli “Tico” yonib kul boʻldi. Haydovchiga ziyon yetmagan.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Toshkent shahar IIBB poytaxtda yoʻl oʻrtasida “Tico” mashinasi yonishi aks etgan video yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 16 iyul kuni taxminan soat 09.39 da Sergeli tumani Shokirariq koʻchasida qurilayotgan bino roʻparasida “Tico” rusumli avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan. U “Suvsoz” DUK huzuridagi kanalizatsiya boshqarmasiga tegishli. Voqea joyiga FVV Toshkent shahar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari chaqirilgan.

Avtomobil haydovchisi 45 yoshli Ilhom I.ga ziyon yetmagan. Hodisa tufayli hech kim jabrlanmadi.

Yonilgʻi nasosining nosozligi mashinadagi yongʻinning taxminiy sababi sifatida koʻrilmoqda.

Teglar:
YTH, Toshkent

Asosiy mavzular