22:38 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
1174 0 0

Jinoyatchilar erkakning oʻlganligini bilganlaridan keyin, uning jasadini eshak aravaga ortib, mahalla hududidan oqib oʻtuvchi "Zarafshon" daryosiga oqizib yuborishgan.

TOSHKENT, 16 iyul - Sputnik. Navoiy IESga qarashli suv oʻtqazish toʻgʻoni oldidan oqib oʻtuvchi "Zarafshon" daryosi ichidan yoshi taxminan 40-45 larda boʻlgan nomaʼlum shaxs murdasi aniqlandi, deb xabar qiladi Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, nomaʼlum shaxs - 1975 yilda tugʻilgan, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashagan T.Y ekanligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, erkak janjal qurboni boʻlgan.

12 iyul kuni Karmana tumanida qayni ukasi hamda qizi tomonidan urib oʻldirilgan.

Jinoyatchilar erkakning oʻlganligini bilganlaridan keyin, uning jasadini eshak aravaga ortib, mahalla hududidan oqib oʻtuvchi "Zarafshon" daryosiga oqizib yuborishgan.

"Mazkur qotillik hech bir fuqaroni befarq qoldirmasligi kerak. Respublikamizda davom etayotgan epidemik vaziyatda bu kabi murosasizlik kimningdir hayotdan koʻz yumushi bilan yakun topishi juda ayanchli va tashvishli holat. Yuqoridagi kabi holatlarga sabab boʻlayotgan arzimagan tortishuv va kelishmovchiliklarga barham berish lozim, chunki inson hayotga bir marotaba keladi. Uni xayrli amallar bilan oʻtkazish ham, jinoyat yoʻliga kirib oʻzini badnom qilish ham uning oʻziga bogʻliq. Viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv xodimlarining aniq va tezkorligi sabab mazkur jinoyat ochildi. Aybdorlar qonunda belgilangan tartibda albatta jazosini oladi", - deya fikr bildirdi holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik I.Tillayev.

Asosiy mavzular