Jizzaxda qarzini qaytarmaslik uchun tarbiyachini o‘ldirgan shaxs aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzaxda maktabgacha ta’lim tashkiloti sport to‘garagi tarbiyachisi undan qarz olgan tanishi tomonidan o‘ldirib ketildi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Jizzaxda qarzini qaytarmaslik maqsadida tanishini o‘ldirib, jasadini ko‘mib yuborgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 12-iyul kuni Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga fuqaro M.Sh. murojaat qilib, 1964-yil tug‘ilgan akasi M.B. yo‘qolib qolganligini bildirgan.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yosh erkak o‘ldirildi va jasadi "Zarafshon"ga oqizildi

Fuqaro M.B. maktabgacha ta’lim tashkiloti sport to‘garagi tarbiyachisi bo‘lib ishlab kelgan. U joriy yilning 8-iyul kuni soat 02:00 lar atrofida mahallasi hududida sport bilan shug‘ullanish uchun yugurishga chiqib izsiz yo‘qolgan.

Mazkur holat yuzasidan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilgan. Natijada Sharof Rashidov tumani, Saraylik mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1987-yil tug‘ilgan T.A.ning fuqaro M.B.ni bosh va ensa sohasiga qattiq to‘mtoq jism bilan urib, Obod mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosi ro‘parasidagi chuqurga ko‘mib yuborgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro T.A.ning marhum M.B. dan pul qarzi bo‘lgan. Fuqaro qarzdorlikni qaytarmaslik uchun mazkur qotillikka qo‘l urgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Yangiliklar lentasi
0