22:58 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
425 0 0

Fuqaro qayta sotish maqsadida qoʻlbola usulda qadoqlangan “Arbidol”ning har bir quttisini 320 ming soʻmdan olgan. Soʻngra dorini 450 ming soʻmdan sotayotganda qoʻlga tushgan.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Toshkentda xorijda ishlab chiqarilgan va qoʻlbola usulda qadoqlangan “Arbidol” dori vositasining noqonuniy savdosi bilan shugʻulanganlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga maʼlum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda fuqaro SH. xorijda ishlab chiqarilgan va qoʻlbola usulda qadoqlangan “Arbidol” dori vositasini har bir quttisini 450 ming soʻmdan hisoblab, 40 qutisini xaridorga 18 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, u dorini “Telegram” dasturidagi dori vositalarining oldi-sotdisi bilan shugʻullanish maqsadida ochilgan “Onp_uzb” nomli kanal orqali tanishgan I. va S. ismli shaxslardan qayta sotish maqsadida har bir quttisini 320 ming soʻmdan hisoblab 40 quttisini 1200 dollar va 560 ming soʻmga sotib olganligini bayon etgan.

Fuqaro SH.  pushaymonlik toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilib, unda fuqaro I. va S.larning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qoʻyishda yordam berishini soʻragan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ular fuqaro SH.ga “Arbidol”ning har bir quttisini 320 ming soʻmdan hisoblab, 110 quttisini jami 35,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovoldi tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular