09:40 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
130 0 0

Ikki mast fuqaro yarim tunda bilyard klubiga kelib janjal koʻtargan. Ish boshqaruvchiga bilyard toshlarini otib, jarohat yetkazgan.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Toshkent shahrida bilyard klubida bezorilik sodir etgan shaxslar ustidan ochilgan jinoiy ish prokuraturaga yuborildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, 2020 yilning 17 fevral kunidan 18 fevral kuniga oʻtar kechasi taxminan soat 01:00 da 32 yoshli A.S. sherigi 29 yoshli X.Gʻ. bilan Olmazor tumanidagi bilyard klubiga mast holda kelgan.

Ish vaqti yakunlangani aytilganiga qaramasdan klub ish boshqaruvchisi 55 yoshli D.I.ni ahloqsiz soʻzlar bilan haqorat qilib, sababsiz doʻpposlashgan.

Oʻsha vaqtda bilyard klubda boʻlgan ishchilar va mijozlar A.S. va X.Gʻ.ga ham jiddiy qarshilik koʻrsatishgan. Bilyard toshlarini otib, D.I.ni stul bilan urib, yana doʻpposlashgan. Ish boshqaruvchi yengil tan jarohati olgan. Bezorilar esa hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ochilgan jinoiy ish  tuman prokuraturasiga yuborilgan. Endi ular sud oldida javob berishadi.

Asosiy mavzular