14:42 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
413 0 0

Namangan shahrida 200 mln soʻmlik kredit mablagʻlari oʻzlashtirgan bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Namangan shahrida 11 nafar fuqarolarning xabardorligisiz 200 mln soʻmlik kredit mablagʻlari oʻzlashtirgan bank xodimlarining faoliyati fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.D.” MCHJ rahbari D.I. AT “Xalq banki” Namangan viloyati filiali mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, rasmiy hujjatlarni takroran qalbakilashtirish orqali 11 nafar fuqarolar nomiga ularning xabardorligisiz 200 mln soʻmlik kredit mablagʻlarini ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni jamiyat hisob raqamiga oʻtkazib, oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari D.I. va filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular