21:53 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
268 0 0

Bemorga "COVID-19" infektsiyasining ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Bemorda kasallik oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. IIV xabariga koʻra, Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati katta mutaxassisi, 51 yoshli podpolkovnik Zayir Saydaliyev koronavirus  infektsiyasi oqibatida vafot etdi. Shu bilan IIV tizimida toʻrtinchi inson ushbu kasallik qurboniga aylandi

SSV kuni kecha "Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 51 yoshli Z.S. 17 iyul kuni IIV Markaziy gospitalining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan va 18 iyul kuni unda "COVID-19" tasdiqlangan. Bemorga "COVID-19" infektsiyasining ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan", - deyiladi xabarda.

Bemorda kasallik oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning oʻta ogʻir kechishi, ikkala boldir arteriyalari okklyuziyasi, chap son yonbosh arteriyasi stenozi, surunkali pankreatit kabi hamroh xastaliklar boʻlgan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar oʻtkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, mutaxassislar tomonidan toʻliq hajmda, standart asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 21 iyul holatiga koʻra 17881 nafarni tashkil qilmoqda. 8 265 nafar bemordan 101 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda. 95 kishi "COVID-19" qurboniga aylangan.

Asosiy mavzular