22:45 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
146 0 0

Tergov maʼlumotlariga koʻra, Tojikiston fuqarosi respublikaning boshqa fuqarolari bilan birgalikda Germaniyada ISHID terrorchilik uyasini tashkil qilgan, Yevropada teraktlar tayyorlagan va terrorchilarga moliyaviy yordam koʻrsatgan.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Germaniyada "Islom davlati" terrorchilik tashkiloti (ISHID yoki "ID", Rossiyada taʼqiqlangan)ga aloqadorlikda va terrorizmni moliyalashtirishda gumon qilingan Tojikiston fuqarosiga qarshi ayblovlar ilgari surildi, deya xabar berdi Germaniya Oliy sudi huzuridagi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tergov davomida aniqlanishicha, 30 yoshli Tojikiston fuqarosi Ravshan B. respublikaning boshqa fuqarolari bilan birgalikda 2019 yil boshida Germaniyada ISHID terrorchilik uyasini tashkil qilgan.

Huquq-tartibot idoralari taxminiga koʻra, erkak Yevropada teraktlar tayyorlagan va oʻzi koʻrsatma olib turgan jangarilarni moliyaviy tomondan qoʻllab-quvvatlagan.

Xususan, Suriyadagi ISHID yetakchilaridan biri Tojikiston fuqarosiga Germaniyada "kofirlarga qarshi" jihod boshlashni buyurgan va unga terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun fotiha bergan. Guruh, shuningdek, Islomni radikal tarzda talqin qilgan va rejalashtirilayotgan terrorchilik hujumlari haqida maslahat berib turgan Afgʻonistondagi ISHID yetakchisi bilan hamkorlik olib borgan.

Oʻz faoliyatini moliyalashtirish uchun tojikistonlik yacheykaning boshqa aʼzolari bilan birga albaniyalik biznesmenni 40 ming dollarga oʻldirishga rozi boʻlgan. 2019 yil fevral oyining oxirida jinoiy guruh Avstriya orqali Albaniyaga yoʻl olgan va oʻz qurboni ketidan kuzatuvni yoʻlga qoʻygan. Ammo suʼiqasd amalga oshirilmagan.

Germaniyaga qaytib kelgandan soʻng, yacheyka ISHID yetakchilaridan portlovchi moddalarni tayyorlash boʻyicha koʻrsatmalar olishda davom etgan.

Afgʻonistonlik muvofiqlashtiruvchi koʻrsatmalariga asosan islomni tanqid qilib kelgan Germaniyada istqomat qiluvchi shaxsni oʻldirishga hozirlik koʻrgan. Ammo ushbu suʼiqasd tezkor xizmatlar xodimlari tomonidan 2019 yilning 14 martida bartaraf etilgan.

Tojikiston fuqarosi 2019 yilning 15 mart sanasidan hibsda qolib kelmoqda. 2020 yilning aprel oyida prokuratura Oliy sud sudyasidan hibsga olish uchun yangi orderni olgan. Terroristik yacheykaga doir surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular