21:11 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
194 0 0

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi mansabdorlari karantin qoidalarini buzganlarni nazorat qilish oʻrniga davlat haqqiga xiyonat qilgan.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumanida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi mansabdorlari davlatga 397,6 mln soʻmlik zarar yetkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, mansabdorlar karantin qoidalarini buzgan 86 nafar kishining jarima toʻlamasligi uchun ularga qilmishni istisno etuvchi holatlar sifatida holatni rasmiylashtirib berishgan. Shu yoʻl orqali ular 397,6 mln soʻmlik davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.

Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Teglar:
jinoyat, Toshkent viloyati, karantin

Asosiy mavzular