21:03 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
66820

Yekaterinburgda oʻtgan haftada Tojikiston va Qirgʻizistondan kelgan migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Yekaterinburgda 18-19 iyul kunlari Tojikiston va Qirgʻizistondan kelgan migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan huquq tartibot organ xodimlari tekshiruv oʻtkazmoqda.

Mahalliy OAVlar voqea joyida boʻlgan guvohlar yuborgan videoni chop etdi.

Viloyat milliy-madaniy uyushmasi va tojik diasporasi rahbari Farux Mirzoyev YE1.RU bilan suhbatda tojik va qirgʻiz yoshlari oʻrtasida mojaro kelib chiqqanini aytdi.

Diaspora rahbarining soʻzlariga koʻra, yoshlar bilan profilaktika ishlari zudlik bilan boshlangan va ishga mahalliy IIV xodimlari ham qoʻshilishdi.

"Menda boʻlgan maʼlumotlarga qaraganda, mojaroda 200 ga yaqin kishi ishtirok etgan. Doʻkonda ishlaydigan odamlar mingga yaqin boʻlgan deb aytishmoqda. Ammo men bu raqamga ishonmayman. Ularning soni oz boʻlganligini video ham tasdiqlamoqda", - deydi Mirzoyev.

Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasi tekshiruv ishlariga qoʻshildi. Vakolatxona maʼlum qilishicha, mojaroda 10-15 kishi ishtirok etdi.

Asosiy mavzular