Moskvada ozarbayjonlar va armanlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi - video

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil politsii v Moskve
Avtomobil politsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Moskvada ozarbayjonlar va armanlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Moskva IIBB ma’lum qilishicha, hodisa Lyublinskaya va Bratislavskaya ko‘chalarida sodir bo‘ldi. 13 kishi qo‘lga olindi.

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Kuni kecha Moskvada ozarbayjonlar va armanlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Guvohlar mojaroni videoga olishdi.

Videoda bir kishi avtomobil old oynasini sidirayotgani, boshqa kishi esa haydovchini kaltaklayotgani aks etgan.

Keyinchalik Rossiya armanlar uyushmasi rahbari David Tonoyan Facebook sahifasida bu mushtlashuvda uning tanishi pichoqlanganini ma’lum qildi, biroq tavsilotlarini oshkor qilmadi va vatandoshlarini vahimaga berilmaslikka chaqirdi.

Moskva IIBB ma’lum qilishicha, mushtlashuv Lyublinskaya va Bratislavskaya ko‘chalarida sodir bo‘ldi. 13 kishi qo‘lga olindi.

Yangiliklar lentasi
0