01:11 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Hodisalar
Havola olish
79501

Fuqaro transport hodisasi natijasida olgan tan jarohatidan oʻziga kelmagan va vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Qoraqalpogʻistonda IIB rahbari xizmat mashinasida velosipeddagi fuqaroni urib yubordi, deb xabar berdi Qoraqalpogʻiston prokuraturasi.

Hodisa 22 iyul kuni soat 21:40larda Qoraoʻzak tumanida yuz bergan.

Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi R.M. oʻziga biriktirilgan "Nexia-3" rusumli xizmat avtomashinasini boshqarib borayotib Qoraoʻzak tumanidan oʻtuvchi "Nukus-Chimboy-Taxtakoʻpir" yoʻlida yoʻl chetida velosiped boshqarib borayotgan 1997 yil tugʻilgan fuqaro N.A.ni urib yuborgan.

N.A. olgan tan jarohatidan oʻziga kelmasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular