23:36 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
324 0 0

Xonobodda 16 nafar oʻsmir tengdoshi va uning otasini urmoqchi boʻlib toʻplangan. Bundan IIB xodimlari xabar topib, hodisa joyiga yetib borgan.

TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Andijon viloyatida 21 kishi ishtirokidagi katta bezorilikning oldi olindi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

22 iyul kuni Xonobod shahar “Kampirrovot” MFYda yashovchi 36 yoshli O.M. farzandi 16 yoshli A.N. bilan bir nechta tengdoshlari urishmoqchi ekanligini eshitib qoladi. Ota farzandini Obi-hayot koʻchasiga olib borib, u yerda boʻlgan voyaga yetmaganlar – 16 yoshli M.A., O.A., K.A., X.N., E.T. hamda E.P.ning yoʻlini toʻsib, ulardan qay biri farzandi bilan birga-bir urishmoqchi ekanligini soʻraydi. Shundan soʻng dalaga olib oʻtib, M.A. va O.A. bilan oʻgʻlini birga-bir urushtirgan.

Janjal vaqtida M.A.ning tanishlari janjalga aralashganligi uchun O.M. farzandining tengdoshlari boʻlgan M.A., O.A. va X.N.ni urib tan jarohati yetkazgan.

Shundan soʻng, M.A. va O.A. ota-oʻgʻil bilan urushni davom ettirish maqsadida oʻzlarining 14 nafar tarafdorini chaqirib, ota-bolani urmoqchi boʻlib, “Kampirrovot” MFYda toʻplangan.

Bundan shahar IIB xodimlari xabar topib, hodisa joyiga yetib borgan. Ushbu shaxslarga qonuniy chora koʻrish maqsadida IIB binosiga olib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, M.A. va O.A. hamda ularning 14 nafar tarafdorlariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Asosiy mavzular