Qoraqalpog‘istonda podpolkovnik mast haydovchi qurboniga aylandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida Ichki ishlar podpolkovnigi mast haydovchi qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar rahbari fuqaroni xizmat avtomobilida urib ketdi

Hodisa 29-iyul kuni yarim tundan o‘tganda sodir bo‘lgan.

Oldin profilaktika inspektori yordamchisi lavozimida xizmat qilgan, hozirda jamoatchilik asosida xizmat olib borayotgan fuqaro Janibek Tanatov "Nexia-1" avtomashinasida o‘ziga biriktirilgan ma’muriy hududida - A-380-G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomagistral yo‘lining 868-869 km oralig‘ida yo‘lning chetida turgan paytida, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida "Nexia-3" rusumli avtomashinasini mast holatda boshqarib kelayotgan fuqaro K. B. Tanatovning avtomashinasiga kelib urilgan.

Mazkur yo‘l transporti hodisasi natijasida Tanatovning avtomashinasida bo‘lgan Qo‘ng‘irot tumani IIB HPB TP profilaktika katta inspektori podpolkovnik M.Ganibayev olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0