14:33 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1233)
36801

Hozirga qadar Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 24 569 nafarga yetgan, 145 kishi qurbon boʻlgan

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida buyragi transplantatsiya qilingan ayol koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashagan 59 yoshli M.M.da 15 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan. Bemor Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Bemorda 2014 yil buyrak transplantatsiyasi amaliyoti bajarilgan boʻlib, 2017 yilda koʻchirib oʻtkazilgan buyrak oʻz vazifasini bajarishdan toʻxtagan va u doimiy gemodializ olib yurgan.

Shuningdek, bemorda qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stabil zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham boʻlgan.

Bemor oʻtkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Hozirga qadar Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirganlar soni 24 569taga yetgan, 145 kishi qurbon boʻlgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon dunyo boʻyicha 17,1 milliondan ziyod kishi infektsiyani yuqtirgan, vafot etganlar soni 670 mingga yaqinlashmoqda.

Eng koʻp kasallanish holatlari Shimoliy va Janubiy Amerikada (9 152 173 holat) va Yevropada (3 333 300) qayd etilgan.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya deb eʼlon qilgan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1233)

Asosiy mavzular