22:28 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
501 0 0

Fuqaro qarovsiz qoldirilgan “VAZ-2101” mashinasini olib qochgan. Yoʻlda ketayotib voyaga yetmagan ikki bolani urib yuborgan.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Margʻilon shahrida fuqaro mashina olib qochdi va ikki nafar voyaga yetmagan bolalarni urib bordi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB xabar qilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, 31 iyul kuni fuqaro S.O. B.Margʻiloniy koʻchasida qarovsiz qoldirilgan S.R.ga tegishli “VAZ-2101” rusumli  avtomashinani olib qochgan.

Yangiyoʻl kichik tor koʻchasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan R.A. va T.A.larni urib yuborgan. Ular tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxonada R.A. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi ochilgan.  Ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Asosiy mavzular