Asakada bir yigit sevgan qiziga gap otgan 30 yoshli erkakning qotiliga aylandi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kletki
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
18 yoshli yigit o‘zining yaxshi ko‘rgan qiziga gap otganligi uchun 30 yoshli fuqaro bilan janjallashgan. Janjal vaqtida uni temir bo‘lagi bilan urgan.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Andijon viloyatida yoqtirgan qizi uchun janjallashgan yigit bir insonning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Okazanie pervoy pomoshi  - Sputnik O‘zbekiston
Qarzni bermaslik uchun urib o‘ldirdi: Jizzaxdagi qotillik tafsilotlari

Ma’lum bo‘lishicha, 18 yoshli O.N. o‘zining yaxshi ko‘rgan qiziga gap otganligi uchun 30 yoshli J.O‘. bilan o‘zaro janjallashgan. 25-iyul kuni Asaka tumani “Qipchoq” MFY hududida O.N. qo‘lida bo‘lgan temir bo‘lagi bilan J.O‘.ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada J.O‘. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan J.O‘. ikki kun o‘tib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan ochilgan ish Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalangan.

O.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0