06:09 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
815 0 0

26 yoshli erkak oʻzining 20 yoshli ayol tanishi bilan uchrashgan. Buni koʻrib qolgan erkakning turmush oʻrtogʻining dugonalari qizni doʻpposlashdi.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. IIV huzuridagi Tergov departamenti Xorazm viloyati Gurlan tumanida roʻy bergan “samosud” aks etgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Aniqlanishicha, 24 iyul kuni 26 yoshli erkak oʻzining tanishi 20 yoshli (ayol) bilan uchrashgan. Buni erkakning turmush oʻrtogʻining dugonalari koʻrib qolib, unga xabar berishgan.

Soʻngra dugonalar oʻsha qizni turli xil uyatli soʻzlar bilan haqorat qilib, duch kelgan joyiga urib tepishgan.

Janjalni dugonalardan biri videotasvirga olib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.

Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tergov departamenti fuqarolardan yuqoridagi kabi holatlarda oʻzboshimchalik bilan harakat qilib, xato qilganlarni oʻzlari jazolashga urinmaslikni, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni soʻragan.

Asosiy mavzular