05:51 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
140 0 0

“Qishloq qurilish invest” MCHJ IK va “S.S.” MCHJ mansabdori haqiqatda bajarilmagan 949 mln soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozishgan.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida koʻp qavatli uylarning qurilishida 1,5 mlrd soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman boʻlimi tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan. Unda “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK va “S.S.” MCHJ mansabdori Oqoltin tumani “Koʻrkam diyor” massivida 1 ta koʻp qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 949 mln soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozishgan. Shu yoʻl bilan byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilishgan.

Shuningdek, “Y.N” MCHJ ham massivdagi 1 ta koʻp qavatli
uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 586 mln soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozgan.

Mazkur holatlar yuzasidan  “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi ochilgan.

Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular