17:58 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
45001

Ayol Fargʻonadan boʻlib, vaqtinchalik poytaxtning Olmazor tumanida yashab kelgani aniqlandi, deb xabar qiladi Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi

TOSHKENT, 6 avg - Sputnik. Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati Olmazor tumanida elektr uzatish tarmogʻiga chiqib, barchani oʻz joniga qasd qilish bilan qoʻrqitgan ayol aks etgan video yuzasidan sharh berdi.

Maʼlum boʻlishicha, bugun, 6 avgust kuni Olmazor tumanida xizmat olib borgan profilaktika inspektorlari A. Karimov va Z. Jabborberganovlar hamda patrul-post xizmati avtoekipaji xodimlari Kichik xalqa yoʻli koʻchasida yuqori voltli elektruzatish tarmogʻi ustuniga chiqib olgan ayolni koʻrib qolishgan.

Ayol atrofdagilarga oʻzini tepadan tashlab, oʻz joniga qasd qilmoqchiligini aytgan.

IIBB xodimlari shu atrofda boʻlgan Sergeli tumani 8-son yongʻin-qutqarish qismi mutaxassisi safdor Sherzodbek Nurmuhamedov bilan ayolning yoniga chiqib, uni pastga tushirgach, Olmazor tumani IIO FMB 6-son IIBga yetkazishgan.

Ayolning shaxsi aniqlangan: u Fargʻona viloyatidan boʻlgan 36 yoshli D.U. vaqtinchalik poytaxtning Olmazor tumanida yashab kelgan. Hozirgi vaqtda psixolog ayol bilan ish olib bormoqda.

Asosiy mavzular