Toshkentda bedarak yo‘qolgan 26 yoshli ayol qidirilmoqda – IIBB

© GUVD g. TashkentIskandarova Mexribon Tuxtasin kizi
Iskandarova Mexribon Tuxtasin kizi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bedarak yo‘qolgan Iskandarova Mexribonu Tuxtasin qizi qidirilmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Toshkentda bedarak yo‘qolgan 26 yoshli Iskandarova Mehribonu To‘xtasin qizi qidirilmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Olmazor tumanida yashagan, 1994-yilda tug‘ilgan Iskandarova Mehribonu To‘xtasin qizi, 2020-yilning 6-avgust kuni taxminan soat 8.30 larda uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, u Chilonzor tumani “S” mavzesidagi kosmetologiya salonida bo‘lgan. Qiz soat 10.30 da salondan chiqib, yo‘l tarafga ketganligi tashqi kuzatuv kameralarida qayd etilgan. 

Belgilari: bo‘yi 160 sm, ko‘zi qora, sochi uzun va to‘q jigarrang rang.

Egnidagi kiyimi: havorang rangli ko‘ylak va jinsi shim, qaymoq rangli mokasina. 

"Hurmatli Toshkent aholisi va mehmonlar! Agar Siz Mehribonu Iskandarovani ko‘rgan bo‘lsangiz, yoki uning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz: 71-278-58-40 (Chilanzor tuman IIO FMB), 71-230-50-85 (Olmazor tumani OII FMB), +998-90-973-64-68 (qizning yaqinlari), 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz", - deyilgan xabarda.

© Press-slujba GUVD TashkentaIskandarova Mexribonu Tuxtasin kizi
Toshkentda bedarak yo‘qolgan 26 yoshli ayol qidirilmoqda – IIBB - Sputnik O‘zbekiston
Iskandarova Mexribonu Tuxtasin kizi
Yangiliklar lentasi
0