19:08 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
510 0 0

Oʻz vaqtida olib borilgan oʻrganishlar natijasida qariyb 70 million soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinishining oldi olindi, deb xabar qiladi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Bekobod tumanida kam taʼminlangan oilalar uchun toʻlanadigan 69,9 mln soʻm mablagʻlarning noqonuniy sarflanishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi mahalla raislaridan biri X.Gʻ. talon-taroj ishlariga qoʻl urgani aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, oqsoqol tomonidan hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritilib, u raisligidagi mahallada yashamaydigan va nafaqaga muhtoji boʻlmagan 26 nafar fuqarolarga jami 101,5 mln soʻm nafaqa pullari tayinlangani va shundan 31,6 mln soʻmi fuqarolarga asossiz toʻlab berilganligi aniqlangan.

Oʻz vaqtida olib borilgan oʻrganishlar natijasida 69,9 mln soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinishining oldi olindi, deb xabar qiladi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Mazkur holat yuzasidan mahalla raisi X.Gʻ.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 2-qismi "g" bandi va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular