19:20 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
72301

Samarqandlik erkak singlisiga SMS-xabar yozgan yigitni "razbor"ga chaqirgan va uchrashuv davomida uning boshiga musht tushirib, ogʻir jarohatlagan

TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Samarqand viloyatida 34 yoshli erkak oʻz singlisiga SMS xabarlar yuborgan 27 yoshli fuqaroni oʻldirdi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot-xizmati

Hodisa 4 avgust kuni Ishtixon tumanida sodir boʻlgan.

34 yoshli SH.Y. hamqishlogʻi 27 yoshli N.B.ni chaqirib, singlisi 18 yoshli M.D.ga nima maqsadda SMS-xabar joʻnatayotganini soʻragan.

Uchrashuv davomida fuqarolar oʻzaro janjallashib qolishgan, janjal davomida SH.Y. mushti bilan N.B.ning bosh sohasiga urib tan jarohati yetkazgan. Natijada N.B. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Lekin koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan OʻzR JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, IIV rahbari Poʻlat Bobojonov kuni kecha Senatda chiqishi davomida joriy yilning 6 oyida respublika miqyosida 21 535 ta jinoyatlar qayd etilgani haqida maʼlumot bergan. Olti oy davomida qayd etilgan qotillik jinoyatlarning har uchinchisi (71 tasi, 35%), ogʻir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 76 tasi (20,5%) oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan.

Asosiy mavzular