05:36 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
177003

22 yoshli jizzaxlik yigit mast holda kiyimsiz Chilonzor tumanidagi Muqimiy koʻchasida sayr qilib yurgan. U tanish qizi bilan janjallashgandan soʻng bu ishni qilgan.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkent shahar IIBB internet tarmogʻida tarqalgan va unda bir yigit koʻchada yalangʻoch yurgani aks etgan video yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 10 avgust kuni Chilonzor tumanidagi Muqimiy koʻchasida 22 yoshli jizzaxlik I.X. kiyimsiz yurgan. Shu atrofda xizmat olib borgan IIV xodimi yigitni koʻrib qolib, hududiy boʻlinmalarga xabar bergan.

Voqea joyiga PPX va profilaktika inspektori yetib kelib, uni Chilonzor tumani IIO FMB 3-son IIBga olib borishgan.

Aniqlanishicha, I.X. mast holda tanishi boʻlgan qiz bilan janjallashib qolgan. Soʻng oʻz kiyimlarini yechib, koʻchada sayr qilishni boshlagan.

Qoidabuzarga nisbatan Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ish sudga yuborilgan.

Asosiy mavzular