06:19 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
477 0 0

Maʼlumotlarga qaraganda, migrant oilasi Rossiya Federatsiyasida qolib ketganidan stress holatiga tushgan.

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Rossiya Federatsiyasidan charter reys orqali Oʻzbekistonga qaytarilgan migrant oʻzini karantinga olingan joy - mehmonxonaning toʻrtinchi qavatidan tashlab, halok boʻlgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Bosh prokuratura maʼlumotiga koʻra, hodisa haqidagi xabar Ichki ishlar organlariga 10 avgust kuni kelib tushgan.

Ushbu holat yuzasidan oʻtkazilgan tezkor surishtiruv ishlarida aniqlanishicha, marhum Surxondaryo viloyati Denov tumanida doimiy roʻyxatda turgan, oilali, muqaddam sudlanmagan, ruhiy asab kasalliklari va narkologik dispanserlar roʻyxatida turmagan - 1989 yilda tugʻilgan Olimjon Karayev ekanligi aytilmoqda.

Marhum Karayev RF Qozon Respublikasiga ishlash uchun oilasi bilan birga ketgan va 4 avgust kuni Oʻzbekistonga charter reys orqali olib kelingan. Toshkent shahriga kelgach, karantinga olinib, "Sayohat" mehmonxonasiga joylashtirilgan.

Maʼlum boʻlishicha, erkakning oʻz joniga qasd qilganini uning xonadoshi Qozon universiteti talabasi Ixtiyor Qurbonov aniqlagan.

Marxum Karayev bilan bir xonada yashagan talaba ham Denovdan boʻlgani uchun ikkalasi yaxshi chiqishgan. Talabaning aytishicha, 9 avgust kuni marhum Karayev undan Rossiyada qolib ketgan oilasiga qoʻngʻiroq qilish uchun mobil telefonini olib turgan. Umuman, marhum soʻnggi vaqtlarda xonaning balkon qismiga  koʻp marotaba kirib chiqgan.

Oilasi Rossiya Federatsiyasida qolib ketganidan stress holatiga tushgan.

10 avgust kuni soat taxminan 10:30 larda talaba xonada uxlab yotganida, xonaga harorat oʻlchash uchun mehmonxona xodimi kelgan. Haroratni oʻlchab boʻlgach undan xonadoshi Karayevni ham chaqirishni soʻragan. Karayev xonada yoʻqligi sababli, talaba balkonga chiqqan va shu vaqtda mehmonxona hovlisida marhum Karayevning jasadini koʻrgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular