22:52 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
179 0 0

Mirzaobod tumanida bankning sobiq boshqaruvchisi 3 ta xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning jami 520 mln soʻmini yeb ketdi

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tadbirkorlarning 520 mln soʻmlik kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan sobiq bank boshqaruvchisi fosh etildi. Bu haqda Sputnik nashriga Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazilgan tekshiruvda ATB “Agrobank” Mirzaobod filialining sobiq boshqaruvchisi A.G. “T.P.” fermer xoʻjaligi rahbarining xabardorligisiz uning nomidan 17,6 mln soʻm mablagʻlarni boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼyekt hisob raqamiga oʻtkazgan. Bundan tashqari, “D.V.” fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan kredit qarzdorligini soʻndirish uchun bankka toʻlangan 17 mln soʻm naqd pullarni oʻzlashtirgan.

Shuningdek, u 3 ta xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga ularning xabardorligisiz jami 520 mln soʻm kredit rasmiylashtirgan. Keyin pullarni oʻz manfaatlari yoʻlida ishlatib yuborib, talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan A.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozir tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular