15:45 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
252 0 0

Ikki yoshlar atrofida boʻlgan bolakay murdasini boshqa bir bolakay "Jun ariq" kanalida suv ichida koʻrgan. Suzishni bilmagani uchun tanani ariqdan chiqara olmagan.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent viloyatida uch kun oldin bedarak yoʻqolgan 1,5 yashar bolaning murdasi kanaldan topildi. Bu haqda Yangiyoʻl tuman prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Yangiyoʻl tumani IIB navbatchilik qismiga 9 avgust kuni yil tumandagi Qoʻshtepa MFY, Oʻzbekiston koʻchasi yashovchi fuqaro 16.10.2018 yilda tugʻilgan nabirasi U.R. uydan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolganligi haqida murojaat qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida voyaga yetmagan O.X. Yangiyoʻl shahar, Fayzobod MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Joʻn ariq” kanalida yoshi taxminan 1,5-2 yosh boʻlgan bola tanasi suvda koʻringanligi, suvda suzishni bilmaganligi sababli, bola murdasini suvdan olib chiqa olmaganligini aytgan.

Shu bilan birga, tuman prokuraturasi, tuman IIB va tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi bilan hamkorlikda “Joʻn ariq” kanali suvi
3 soatga toʻxtatib qoʻyilib, suvda bola murdasini qidirish ishlari tashkillashtirilgan.

12 avgust kuni “Joʻn ariq” kanalidan U.R.ning murdasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Asosiy mavzular