00:53 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
71 0 0

“Toza ichimlik suv” UK sobiq mansabdor shaxslari yetkazilgan toza ichimlik suvi uchun aholidan yigʻib olingan 190 mln soʻm naqd pulni talon-taroj qildi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Namangan viloyati Mingbuloq tumanida aholidan toza ichimlik suvi uchun yigʻilgan pullarni sobiq mansabdorlar talon-toroj qilgani fosh etildi. Bu haqda Sputnik nashriga Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman boʻlimi tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan. Unda tumandagi “Toza ichimlik suv”  UK sobiq mansabdor shaxslari yetkazilgan toza ichimlik suvi uchun aholidan yigʻib olingan 190 mln soʻm naqd pulni talon-taroj qilgani aniqlangan. Ular  pullarni tegishli bank kassasiga topshirmagan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbarining sobiq birinchi oʻrinbosari M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular