Jurnalist Bobomurod Abdullayev Qirg‘izistonda hibsga olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kletki
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalist Bobomurod Abdullayev Bishkekda O‘zbekiston so‘roviga asosan qo‘lga olindi. Hozirda uning ekstraditsiyasi masalasi hal qilinmoqda.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi, jurnalist Bobomurod Abdullayev Qirg‘izistonda hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Bobomurod Abdullayev ishi: jurnalist qiynoqqa solingani o‘z isbotini topmadi

“O‘zbekiston Respublikasining so‘roviga asosan, 22.01.1993 yildagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk Konvensiyasiga muvofiq, B.Abdullayev Qirg‘iziston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan”, - deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda uning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi masalasi hal qilinmoqda.

2018 yilda Toshkent shahar sudi “Usmon Haqnazar” taxallusi ostida maqolalar chop etib kelgan jurnalist Bobomurod Abdullayevni O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilganlik uchun uch yil axloq tuzatish ishlariga mahkum qilgan va sud zalida ozod qilgan edi. Ushbu jinoiy ish bo‘yicha ayblangan yana uch kishiga qo‘yilgan ayblar olib tashlangan va ular sud zalida ozodlikka chiqarilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0