12:16 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
242 0 0

Yakkasaroy tumanida “Cobalt” mashinasi beton toʻsiqqa borib urildi. YTHda uch kishi jarohatlandi, bir kishi esa qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Toshkent shahridagi yoʻl-transport hodisasi oqibatida 20 yoshli qiz qurbon boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, 11 avgust kuni Qushbegi massivida 19 yoshli D.M. “Cobalt” rusumli avtomobilni boshqarish davomida boshqaruvni yoʻqotib, beton toʻsiqqa borib urilgan. 

YTH natijasida haydovchi va uning uch nafar yoʻlovchilari – 20 yoshli N.B., D.SH. va A.K.lar tan jarohati olgan va shifoxonaga olib borilgan. Tibbiyot xodimlarining saʼy-harakatlariga qaramasdan A.K. shifoxonada vafot etdi.

Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoiy ish ochilgan.

Asosiy mavzular