17:49 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
63710

Odina Baxriddinova Chilonzor tumani, 6-kvartal, 52-uy manzilida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Bedarak yoʻqolgan 13 yoshli Odina Baxriddinova qidirilmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

2007 yilda tugʻilgan Baxriddinova Odina Qayum qizi joriy yilning 8 avgust kuni taxminan soat 10.45 da Chilonzor tumani, 6-kvartal, 52-uy manzilida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: boʻyi 150 sm., sochlari toʻq jigar rang, yuzi yumaloq, koʻzlari qora.

Kiyimlari: qora kalta koʻylak, oyoqlariga “bosonojka” kiygan.

“Qidiruvga yordam berishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar haqida quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni soʻraymiz: 71-232-30-40, 71-232-40-50, 71-278-58-40 yoki 102, shuningdek qizning qarindoshlarining raqamlari: 99-646-85-03, 91-548-67-47, 99-842-60-11”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, bedarak yoʻqolgan14 yoshli Madinabonu Abdurahmonova qidirilayotgani haqida xabar berilgandi.


Asosiy mavzular