07:03 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
380 0 0

Fargʻonada jinoiy guruh bankning 4,5 milliard soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirib, daromadlarini legallashtirmoqchi boʻlganda qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Fargʻona shahrida, ikki kishidan iborat jinoiy guruh katta miqdordagi mablagʻlarni talon-taroj qilgani aniqlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Tergov departamenti.

Tekshiruvda maʼlum boʻlishicha "X" xususiy korxonasi rahbari N.I. bankdan ajratilgan 4,5 milliard kreditni fuqaro A.SH.ning plastik kartasiga oʻtkazib talon-taroj qilgan.

Xususan, mablagʻning 820 mln soʻmni uchinchi tomon kreditini qoplashga, qolganini esa - naqdlashtirib 47 dona turli rusumdagi yengil avtomashinalarni sotib olishga sarflangan. 

Ushbu ish yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. (Katta miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirish va talon-taroj qilish, Noqonuniy daromadlarni legallashtirish)

Asosiy mavzular