20:27 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
16401

Navalnыy choydan zaharlangan boʻlishi mumkin, bu bloger ertalabdan isteʼmol qilgan yagona narsa boʻlgan.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalnыy Tomskdan Moskvaga qaytayotgan vaqtida Omsk shahri aeroportida samolyotdan favqulodda evakuatsiya qilindi, deb xabar qilmoqda Korruptsiyaga qarshi kurashish Jamgʻarmasi (FBK) matbuot kotibi Kira Yarmыsh.

"Alekseyda toksik zaharlanish. Hozir biz tez yordam mashinasida kasalxonaga ketyapmiz", - deb yozdi Yarmыsh oʻzining Tvitterdagi sahifasida.

FBK Navalnыy choyga biron narsa aralashtirilganidan zaharlangan deb taxmin qilmoqda.

Alisher Usmonov, arxiv surat
© Sputnik / Mixail Klimentyev

"Bu choy u ertalabdan ichgan yagona narsa edi. Shifokorlarning taʼkidlashicha, toksin issiq suyuqlik orqali tezroq soʻrilgan", - keyinchalik qoʻshimcha qildi Yarmыsh.

FBKning Tomsk boʻlinmasiga koʻra, Navalnыy bir kun oldin oʻzini yaxshi his qilgan edi.

1-Omsk shoshilinch kasalxonasining (BSMP-1) bosh shifokori Aleksandr Muraxovskiy RIA Novosti-ga jamgʻarma rahbari reanimatsiyada ekanligini maʼlum qildi. Uning ahvoli ogʻir deb baholanmoqda.

Yarmыsh, bir yil oldin ham Navalnыy mahsus hibsxonada boʻlgan paytida, uni zaharlashga urinishganini eslatib oʻtdi.

Maʼlumot uchun, Rossiya Adliya vazirligi FBKni chet el agenti sifatida NNTlar roʻyhatiga kiritgan.

Asosiy mavzular