22:15 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
126 0 0

Suv taʼminoti va kanalizatsiya tsexi hamda hududiy uchastkalarning tovar-moddiy boyliklar boʻyicha javobgar shaxslari oʻzlariga ishonib topshirilgan jami 297,8 mln soʻmlik quvur va ikkilamchi qora metallarni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. "Oʻzbekneftgaz" AJning masʼul xodimlari tomonidan 297,8 mln soʻmlik quvur va qora metallar talon-taroj qilindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati Romitan tuman boʻlimi tomonidan "Oʻzbekneftgaz" AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Boshqarmaga qarashli Suv taʼminoti va kanalizatsiya tsexi hamda hududiy uchastkalarning tovar-moddiy boyliklar boʻyicha javobgar shaxslari - N.B. va B.U. oʻzlariga ishonib topshirilgan jami 297,8 mln soʻmlik quvur va ikkilamchi qora metallarni
talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan javobgar shaxs N.B. va B.U.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular