Gruziyada avtobus jarga qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMashina skoroy meditsinskoy pomoshi
Mashina skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni kechqurun gruziyaning Dusheti munitsipalitetidagi Shatili yo‘lida dahshatli fojia yuz berdi - ichida sayyohlari bo‘lgan mikroavtobus 80 metr balandlikdan qulab tushdi.

TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Gruziyada ichida sayyohlari bo‘lgan mikroavtobus 80 metr balandlikdan qulab tushdi - ular tog‘larga bir kunlik sayohatni uyushtirishgan edi. RIA Novosti xabariga asosan.

Yo‘l-transport  hodisasi Shatili (Msxeta-Mtianeti tumani) yo‘lida sodir bo‘ldi.

17 kishi haloq bo‘lgani haqida xabar berilmoqda. Yana uch kishi tirik qolib, og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda Sputnik Gruziya.

Ichki ishlar vazirligining "112" tezkor yordamni operativ boshqarish markazidan ma’lum qilishlaricha, 23-avgust kuni kechqurun avtohalokat to‘g‘risida qo‘ng‘iroq kelib tushgan.

Mikroavtobus toshli qoyadan tushib ketgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bir necha yo‘lovchi hanuz topilmadi. Qurbonlarning aniq soni haqida ma’lumot berilmagan.

Halokatga nima sabab bo‘lganligi hozircha noma’lum. Ta’kidlanishicha, yo‘l bir kun oldin yomon ob-havo tufayli yuvilib ketgan bo‘lishi mumkin.

Gruziya Ichki ishlar vazirligi "Yo‘l harakati xavfsizligi yoki transportdan foydalanish qoidalarini buzish" moddasi bo‘yicha surishtiruv boshladi.

Mamlakat hukumati o‘z hamdardligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0