Abituriyentlarni o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgarlar qo‘lga tushdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKonvert s dollarovimi kupurami
Konvert s dollarovimi kupurami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Andijon viloyat boshqarmalari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Fuqarolarni 4 000 AQSh dollariga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Fuqarolarni 4 000 AQSh dollariga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi A.X. OTM qabul jarayonlaridan foydalanib firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida O.A.ning ishonchiga kirgan. Uni universitetning "Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport" yo‘nalishiga yuqori lavozimdagi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuninigdek, Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sh.K. ikki nafar abituriyent — D.S. va Z.A.larni Urganch Davlat universiteti, "Jismoniy tarbiya va tasviriy san’at" yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3-bosqich talabasi M.A. orqali 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0