Janubiy Sudandagi samolyot kulashida ikki tojikistonlik uchuvchi halok bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVoyenno-transportniy samolet An-26
Voyenno-transportniy samolet An-26 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Djubadan Vau va Aveyl shaharlari tomon yo‘l olgan. Uning qulashida jami 17 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi ekipaj a’zolari.

TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Janubiy Sudanda South West Aviation kompaniyasining An-26 yuk samolyotining qulashi oqibatida ikki tojikistonlik uchuvchi halok bo‘ldi. Samolyot 22-avgust kuni ushbu ushbu mamlakat poytahti Djuba shahri aeroportidan ko‘tarilganidan bir necha daqiqadan so‘ng quladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston qo‘shni Respublika TIViga asosan.

"Samolyot kulashida ikki tojikistonlik uchuvchi Qodirov Parviz va Miraxmedov Mirsulton halok bo‘ldi", deyilgan rasmiy xabarda. 

"Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Parviz Qodirov bir hafta oldin Sudanga ishlash uchun jo‘nab ketgan. U ikkinchi pilot edi. Uning akasi Xurshed bizga ukasining jasadini qaytarib kelish iltimosi bilan murojaat qildi", - deyishdi idorada.

Shuningdek, vazirlikda qayd etilishicha, yana bir uchuvchi Mirsulton Mirahmedov Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan. Tojikiston TIVning boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.

MiG-31 poterpel krushenie pod Karagandoy - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda harbiy samolyot dalaga qulashi aks etgan video

OAV ma’lumotlariga ko‘ra samolyot Djubadan Vau va Aveyl shaharlari tomon yo‘l olgan. Uning qulashida jami 17 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi ekipaj a’zolari.

Qulash sodir bo‘lgan joy turar-joylar yaqinida joylashgan, shuning uchun tez orada halokatga uchragan samolyot atrofida ko‘plab mahalliy aholi paydo bo‘ldi.

Ular yonayotgan samolyot atrofiga tarqalgan pullarni yig‘ishga kirishdilar - ma’lum bo‘lishicha, samolyot motosikllar, ehtiyot qismlar va oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari yirik korxona ishchilariga maosh to‘lashga mo‘ljallangan katta miqdordagi mablag‘larni olib ketayotgan bo‘lgan.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, bu ajiotaj qutqaruvchilarning shundoq ham oson bo‘lmagan ishini qiyinlashtirgan. Bundan tashqari An-26 qulagan joyga og‘ir texnikalarni yetkazib borishning iloji bo‘lmadi - bunga samolyot qulagan botqoqli hudud to‘sqinlik qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0