12:54 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
588 0 0

Futbol oʻyini vaqtida tortishib qolgan voyaga yetmagan yoshlar yakkama-yakka urishish maqsadida, stadiondan tashqariga chiqib, janjalni davom ettirishgan

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Surxondaryoning Qizariq tumanida balogʻat yoshiga yetmagan bolani tengdoshi tepib oʻldirdi.

Hodisa voyaga yetmagan yoshlar futbol oʻynayotgan maydonda avj olgan. Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabari asosida.

"...23 avgust kuni kechki vaqt 16 yoshli voyaga yetmagan A.A., Qiziriq tumani "Istiqlol" mahallasida joylashgan kichik futbol oʻyingohida futbol oʻynayotgan vaqti raqib jamoadagi 16 yoshli voyaga yetmagan I.X., bilan oʻzaro tortishib qolgan.

Yakkama-yakka urishish maqsadida, stadiondan tashqariga chiqib, janjalni davom ettirgan vaqtida, A.A., chap oyogʻi tizzasi bilan I.X.,ning old koʻkrak oʻrta sohasiga bir marta zarb bilan tepib tan jarohati yetkazgan.

Natijada voyaga yetmagan I.X., olgan tan jarohati oqibatida sogʻligʻi yomonlashib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan A.A.,ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Asosiy mavzular