Namanganda kichik kelin katta kelinni bir ko‘zidan mahrum qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabar qilinishicha, 24 yoshli kichik kelin 29 yashar kelin o‘rtasida uydagi yumushlar tufayli janjal yuzaga kelgan.

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Namanganda bir oilada maishiy mojaro tufayli kichik kelin kattasiga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Ovsinlar jangi natijasida ayollardan biri ko‘zidan mahrum bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV matbuot-xizmati.

Draka - Sputnik O‘zbekiston
Ajal o‘yini: Surxondaryoda voyaga yetmagan bolani tengdoshi tepib o‘ldirdi

Xabarda aytilishicha, 24 yoshli kichik kelin 29 yashar kelin o‘rtasidagi janjal hamma uydaligida, kechki vaqt yuz bergan.

Mojaro davomida katta kelin kichik kelinning nafsoniyatiga tegadigan gaplar aytib, uyiga kirib ketgan. Haqoratlangan kichik kelin uning ortidan borib, uyiga (tanballangan) eshik orqali kira olmagach, derazadan kirishga uringan. Deraza oynasini sindirib, katta kelinning sochidan tortayotgan mahalda katta kelinning ko‘zi qonab ketgan.

Natijada, katta kelinda o‘ng ko‘z olmasi va quloqlarini teshib o‘tgan jarohat aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0