11:40 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
199 0 0

25 yoshli erkak tanishining jami 200 ming dollarga teng boʻlgan transport vositasi ustiga osma gʻiloflarini olib ketib, sotib yuborgan.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Namangan viloyatida firibgarikka qoʻl urgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 25 yoshli I.M. 2019 yilning mart oyida Namangan shahrida 36 yoshli N.A.ning ishonchiga kirib, uning 10 ming dona transport vositasi ustiga osma gʻiloflarga xaridor topganligini aytgan. Ularni sotib pulini 10-15 kunda berishini aytib, har birini 20 dollardan kelishgan. Natijada jami 200 ming dollarlik osma gʻiloflarni olib ketib, sotib yuborgan. Pullarni esa oʻzining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Oʻzbekiston JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular