13:30 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
63501

Haydarjon Bobohaydarov Soʻx tumanidagi voqealar yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi soʻxlik bloger haqida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, Fargʻona viloyati prokuraturasi joriy yilning may oyida Soʻx tumanida sodir boʻlgan ommaviy tartibsizliklar va boshqa holatlar yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlarini olib bormoqda.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, ularga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

“Shu bilan birga, fuqaro Haydarjon Bobohaydarov (bloger) jinoyat ishi boʻyicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 226-moddasi tartibida ushlangan”, - deyilgan xabarda.

Tergov davomida H.Bobohaydarovga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilgan va himoya huquqi (advokat) taʼminlangan.

Xabarda ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligi qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular